Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

❗️E’lon! O’qishini ko’chirmoqchi bo’lga talabalar diqqatiga

Xabaringiz bor bugun 15 iyuldan boshlab Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish va tiklash uchun xujjatlar qabul qilinishi boshlandi.

Qabul 15 iyuldan 5 avgustgacha davom etadi

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi ishga tushirildi.

✅Tizimga mana bu havola orqali o’ting: transfer.edu.uz

Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirsa bo’ladimi?

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas..

👉Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko’chirish ruxsat etiladi:

  • kunduzgi;
  • sirtqi;
  • kechki (smenali).

Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko’chirib bo’lmaydi.

👉Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi:

  • kunduzgi;
  • sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
  • kechki (smenali).

Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.

👉 Kechki ta’limdan ruxsat etiladi:

  • kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
  • kunduzgi.

Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.

Maxsus sirtqi ta’limdan faqat bir ta’lim sohasi doirasida maxsus sirtqiga ko’chirishga ruxsat beriladi. Bundan boshqa ta’lim shakliga ko’chirib bo’lmaydi, o’z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko’chirish talabi ham rad etish uchun asos bo’ladi.

✴️ SHuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo’nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko’chira olmaydi.

Tizimga mana bu havola orqali o‘ting: transfer.edu.uz

O’zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo’lsa fuqaroning ko’chirilmasligi va qayta tiklanmasligi belgilangan.

Savollar bilan Andijon mashinasozlik institutining +998742259102 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.