Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yilning 24-apreldagi Xotin-qizlar qo‘mitasi Konferensiyasi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati tugatildi. Endilikda barcha tashkilotlarda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash faoliyat ko‘rsatadi.

2020-yilning 13-iyul kuni Andijon mashinasozlik institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tuzildi hamda dastlabki onlayn yig‘ilish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori U.M.Turdialiyev olib bordi. Institut rektori yig‘ilish avvalida ishtirokchilarga tegishli Farmon va Qarorlarga muvofiq Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti faoliyati tugatilganligi xususida axborot berdi va yangi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tuzilishini ma’lum qildi.      

Kengash raisligiga 3 nafar nomzod ko‘rsatildi. Ochiq ovoz shaklida bo‘lib o‘tgan saylash jarayoni yakunida, eng ko‘p ovoz bilan Yusupova Ra’noxonga Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengash raisligi ishonib topshirildi. Ra’noxon Yusupova endilikda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi maqomida faoliyat olib boradi.

Shu kunga qadar Ra’noxon Yusupova Xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. R. Yusupovaga yangi kengash faoliyatini yurgizishda kuch-quvvat tilaymiz.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi