Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv metodikasi lideri hisoblangan shaxs Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan belgilangan reja asosida Andijon mashinasozlik institutida “Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyondasi” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

     Seminar institut rektori U.M.Turdialiyev tomonidan olib borildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.A.Ermatov, Gumanitar fanlar kafedrasi dotsentlari, G.G.Bazarova, N.N.Qurbonova,  D.A.Iymanova, institutning Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.N.Xaliqovalar ishtirok etdilar.

       

     Institut rektori U.M.Turdialiyev kirish so‘zida ishtirok uchun barchaga minnatdorchilik bildirar ekan, bugungi anjuman ilm va ma’rifat haqidagi qarashlarimizni Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati misolida yanada sayqallashga turtki bo‘lishini ta’kidladi.

     Seminar davomida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – millat iftixori”“Behbudiyning asarlarida ilmiylik hamda badiiylik uyg‘unligi”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarida milliy ong, milliy g‘urur va iftixor ifodasi”,  “Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati”, “Behbudiy erk va xurriyat jarchisi” mavzulari bo‘yicha soha egalarining ma’ruzalari tinglandi.

   Seminarda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan ham tinglovchilar ishtirok etdilar. O‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan ishtirokchilari institut rektori sertifikati bilan taqdirlandilar.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi

 

 

 

  

.