Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutiga hujjat topshirib chet tili sifatida ingliz, nemis, frantsuz tillaridan boshqa tillarni (turk, arab, fors, koreys, xitoy va boshq.) tanlagan abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar!

Siz Andijon mashinasozlik institutiga hujjat topshirib, institutimizda o’qish istagini bildirganingiz uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. SHu bilan birga ayrim tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so’raymiz.

Ma’lumki, joriy yil qabul jarayonida institumizning barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga qabul 2 ta fandan, ya’ni matematika va chet tili fanlaridan bo’lib o’tadi. Hujjatlarini onlayn topshirayotgan ayrim abituriyentlar o’zlari bilgan yoki bilmagan holda chet tilini tanlashda xatoliklarga yo’l qo’ymoqdalar. Aniqroq aytadigan bo’lsak, abituriyentlar ayrim hollarda chet tili sifatida turk, arab, fors, koreys, xitoy va boshqa tillarni tanlamoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi  “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom”ning 6-bandida “Umumiy o’rta ta’lim (11-sinf negizida), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va frantsuz tillari o’qitilmagan holda) chet tili sifatida o’qigan abituriyentlar mazkur tildan ko’p balli baho tizimi bo’yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo’yicha esa test sinovlaridan o’tadilar” deb ko’rsatilgan. YA’ni soddaroq tushuntiradigan bo’lsak, ingliz, nemis, frantsuz tillaridan boshqa tillarda topshirmoqchi bo’lgan abituriyent maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ushbu tillarni (turk, arab, fors, koreys, xitoy va boshqa tillarnio’qigan bo’lishlari va o’rta ma’lumot to’g’risidagi attestat yoki diplom ilovasida ushbu fanlarni o’qiganligi va o’zlashtirganligi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Aks holda bunday abituriyentlar chet tili sifatida ijodiy imtihon topshiradigan tillardan birini ko’rsatsada, lekin abituriyent haqiqatda ta’lim muassasasida ushbu tilni o’qimagan bo’lsa va o’rta ma’lumot to’g’risidagi hujjatda aks etmagan bo’lsa, ijodiy imtihonga kiritilmaydi va chet tili bo’yicha 0 ball qo’yiladi.

YUqoridagilardan kelib chiqib, chet tilini tanlashda xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsangiz 20 iyulga qadar abitur.dtm.uz sayti orqali tanlagan chet tilini amalda o’qigan va o’rta ma’lumot to’g’risidagi hujjatingizda aks ettirilgan tilga (ingliz, nemis, frantsuz tillaridan biriga) o’zgartirishingizni so’raymiz.

Andijon mashinasozlik instituti qabul komissiyasi