Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 6-iyun sanasidan boshlab Andijon mashinasozlik institutida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralarning o‘quv yillik hisobotlari, professor-o‘qituvchilar kesimida tinglash jarayoni boshlandi.

     Dastlabki yig‘ilishda Fizika va kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2019-2020 o‘quv yili uchun yillik ish rejasida nazarda tutilgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha, belgilangan vazifalarni bajarganligi yuzasidan hisobotlari tinglandi. Jarayonda institut rektori U.M.Turdialiyev ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan hisobot ishlarini tanqidiy baholadi. Komissiya a’zolari tomonidan hisobotlarni baholash va fikr bildirish jarayonida, kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘pchiligi yillik ish rejada qat’iy belgilab qo‘yilgan bandlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

     Ushbu jarayon institutning barcha kafedralari ishtirokida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

  

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi