Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Assalomu alaykum aziz yoshlar! Institutimizning ilg’or talabalari!

Mana bugun, O’zbekiston yoshlari hayotida tub burilish yasay olgan tarixiy kunga ham 3 yil to’ldi. O’tgan davr mobaynida yoshlarni qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, ularni orzu istaklarini ro’yobga chiqarish maqsadida ko’plab loyihalar amalga oshirildi, katta qadamlar tashlandi. Xususan o’sha yilning o’zida, yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamlakatimiz yoshlari uchun chinakam suyanch bo’la oladigan, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, ularni g’oyalarini ham moddiy ham ma’naviy tomondan qo’llab-quvvatlaydigan yirik tashkilot – YOshlar ittifoqi tashkilotiga asos solindi. Bugungi kunda ko’plab yoshlar, ular qatorida Andijon mashinasozlik instituti yoshlari ham ushbu tashkilot negizida, o’zlari kabi iqtidorli tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritib, yurtimiz rivoji yo’lida o’z bilim va tajribalarini ayamay mehnat qilmoqdalar.

SHu jumladan so’ngi 3 yil ichida ta’limga qaratilgan e’tibor natijasida, eng avvalo oliy o’quv yurtlariga kirish imtixonlarini shaffoflashtirilgani, yoshlar uchun tanlash imkoniyatini kengaytirilganligi, oliygohlarga qabul kvotalarida xotin-qizlar uchun alohida, oliy ma’lumotga ega bo’lmagan yosh mutaxassis uchun alohida imtiyozlar joriy etilganligi ham Siz yoshlarga ko’rsatilgan yuksak e’tibordan dalolatdir. SHuningdek, mamlakat tarixida ilk bor qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan hech qanday imtixonlarsiz o’qishni yurtimizdagi oliy o’quv yurtlariga ko’chirish amaliyotini joriy qilinganligi, yana bir bor ushbu yurt yoshlarining mamlakat oldidagi qadr-qimmati baland ekanligini anglatdi desam to’g’ri bo’ladi.

Ertangi kunimiz egalari bo’lgan Siz aziz yoshlarning chuqur bilim, yuqori salohiyatli bo’lib kamol topishingiz uchun yurtboshimiz boshchiligida bugungi kundagi yaratilayotgan sharoitlarni sizlarga berilgan ishonch hamda sarmoya sifatida bilib, undan unumli foydalanishingiz va faqatgina olg’a intilishingizga tilakdoshman. 30-iyun “YOshlar kuni” barchangizga muborak bo’lsin!

 

Odilov Otabek

AndMI matbuot kotibi