Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 25-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov va o’rinbosari O.A. To’ychiyev Andijon mashinasozlik institutiga “Yoshlar texnoparki”ni qurilishi loyihalari bilan tanishish uchun tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida institut rektori U.M. Turdialiyev, Andijon Davlat universiteti rektori A. Yuldashev mazkur oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari hamda qurilish va loyihalash bo’yicha qurilish tashkilotlari va mutasaddilari ishtirok etishdi.

     Uchrashuvda loyihaning maqsadi yoshlar hayotidagi o’rni va ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirishdagi ahamiyati to’g’risida aytib o’tildi.

     Uchrashuv davomida Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov bir guruh yoshlarga 3D printerlarni sovg’a sifatida topshirdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi