Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlarni bajarayotgan Andijon mashinasozlik institutida yana bir loyihaga tamal toshi qo‘yildi.

2020-yilning 26-iyun kuni Andijon mashinasozlik institutiga viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov tashrif  buyurdi. Tashrif davomida institut rektori Umid Turdialiyev viloyat rahbarini Andijon mashinasozlik instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar, jumladan Avtomobil dizayn studiyasi, Ilmiy ishlab chiqarish innovatsion markazi, Sholi quritish qurilmasini ishlab chiqarish, O‘quv-amaliyot texnik markazi loyihalari bilan hamda institutda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Вiloyat hokimi kelgusida jahon standarti asosida bunyod etiladigan “Yoshlar texnopark”ni qurilish ishlarini ochib berish bilan birgalikda kerakli maslahat va ko‘rsatmalarni berdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda kechayotgan islohotlar muvaffaqiyati, yurt taraqqiyoti yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislarga bog‘liq ekanligi, ta’lim tizimida kechayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi yetuk, zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash ekanligini aniq misollar bilan ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida, “Yoshlar texnopark”ni qurish jarayoni, uning jahon andozalari talablari asosida barpo etish bo‘yicha mutaxassislarning fikrlari eshitildi.

        

  

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi