Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha yangi strategiyasi amalga oshirilishida O’zbekistonning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Capacity Building in Higher Education (Evropa Ittifoqining ta’lim, kasbiy ta’lim, yoshlar va sportni rivojlantirishga qaratilgan) Erasmus+ loyixalaridan yana biri MechaUz: “O’zbekistonda “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo’nalishini innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasining navbatdagi milliy onlayn uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv Erasmus+ dasturining doimiy monitoringi doirasida Ta’lim, audiovizual vositalar va ma’daniyat ijroya agentligi (EACEA)ning keng qamrovli monitoring siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. ZOOM platformasida o’tkazilagan onlayn muloqotda MechaUz loyixasi ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Farg’ona Politexnika Instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda milliy kordinatori Andijon mashinasozlik institutidan vakillar ishtirok etdilar.

Onlayn muloqot davomida loyihaning 6 oylik faoliyati davomida qilingan ishlar samaradorligi taxlil qilindi va har bir ishtirokchining hisoboti tinglandi. YAkunda Milliy ofis tomonidan loyihaning 6 oylik hisoboti bo’yicha taklif va mulohazalari bayon etildi va loyihaning hisoboti ijobiy baholandi.

Loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar davom etmoqda.