Institut bakalavr va magistratura bitiruvchilarini “Uz-Dong Von Ko” qo’shma korxonasi ma’muriyati “Uz-Dong Von Ko” qo’shma korxonasida amaliyot o’tashga taklif etadi. Amaliyotga yuqori texnik ma’lumotga ega, chet tillarini (rus, ingliz) yaxshi biladigan, Microsoft Office dasturlarida ishlashni biladigan (NX, COMPAS, AUTOCAD, KATIA dasturlarida ishlash qobiliyatiga ega) bitiruvchi talabalar uchun o’tkaziladi. Amaliyot muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda nomzodlar ishga qabul qilinadi. Amaliyotga nomzodlarni tanlab olish AJ “O’zavtosanoat” Korporativ bandlik markazi bilan birgalikda umumiy asosda amalga oshiriladi.