Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ayni shu kunlarda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya imtixonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil bitiruvchi talabalar pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda yakuniy imtixonlarni masofadan topshirmoqdalar.

     O‘z navbatida bitiruvchilarda o‘quv jarayonini magistratura ta’lim shakli bo‘yicha davom ettirish uchun nima qilish kerak?- kabi shu va boshqa mazmundagi savollar tug‘ilishi tabiiy. Mana shunday savollarga javob berish maqsadida institutning barcha fakultetlari kesimida talabalar bilan masofaviy muloqotlar, anjuman va brifinglar tashkil qilinib kelinmoqda.

     Kuni kecha Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekanati vakillari talabalar bilan muloqotga kirishgan bo‘lsalar. Bugun, 9-iyun sanasida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti rahbariyati Zoom dasturi orqali masofaviy anjuman tashkil etib, talabalar savollariga javob berdilar.

 

     Onlayn anjumanda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, magistratura bo‘limi vakillari hamda 100 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

     Fakultetlar kesimida onlayn muloqotlar davom etadi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi