Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi magistrantlariga belgilangan jadval asosida dastlabki magistrlik dissertatsiya himoyalari tashkil etilib kelinmoqda. Joriy yilning 8-9-iyun kunlari “5A310501 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va “5A310101 – Yer usti transoort vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)” mutaxassisliklari bitiruvchi magistrantlarining ZOOM dasturi orqali dastlabki himoyalari bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda kafedra tomonidan tuzilgan komissiya, “Magistratura” bo‘limi va magistr talabalar ishtirok etdi. Jarayonda magistrantlar bajargan ishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar va professor-o‘qituvchilar tomonidan ish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar oldilar.

     Dastlabki himoya jarayonida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘la javob olgan holda asosiy himoyaga tayyorlanish uchun o‘zlari uchun reja ishlab chiqdilar. Dastlabki himoyalar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi