Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugun barcha ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari orqali 15-iyun sanasidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi haqidagi xabarlar keng omma e’tiboriga havola qilib kelinmoqda. Ushbu jarayonlar boshlanish arafasida turli xil noqonuniy yo‘llar bilan daromad ilinjida yurgan kimsalar ham harakatlarini boshlab yuboradilar. Ularning aldovlariga uchgan yurtdoshlarimiz esa hamon uchramoqda.

     Mana shunday holatlarni oldini olish, ayrim kimsalar tomonidan berilayotgan va’dalar shunchaki quruq gap ekanligini, so‘ngi yillarda kirish imtihonlari butunlay adolatga asosan o’tkazilayotganligini keng jamoatchilikka aniq tushuntirish orqali noqonuniy holatlarga barham berish mumkin.

     2020-yilning 6-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham aynan shu masalalarga bag‘ishlandi. Institut rektori boshchiligida tashkil etilgan yig‘ilishda barcha prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

     Yig‘ilish davomida institut rektori Umid Turdialiyev barcha xodimlardan ta’limni korruptsiyadan butunlay holi sohaga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan islohotlarda faol bo‘lish, oliy ta’lim muassasi vakili sifatida bugungi jarayonlarni jamoatchilikka to‘g‘ri yetkazish kabi masalalarga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqirdi.

     Shuningdek pandemiya sabab vaqtinchalik tashkil etilgan masofaviy ta’lim jarayonida ham vijdonan ishlash, kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy e’tiborni susuytirmaslik kerakligini uqtirdi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi