Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 Bolalik… Eng beg’ubor, eng quvnoq davr. G‘amlarga cho‘mib ketganda gohi bolaga aylanib qolgimiz keladi. Birdam bolalikka qaytib o’sha shirin xotiralarga singib ketgimiz  keladi…

“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bugun Andijon mashinasozlik instituti yoshlari yetakchisi v.b. Tuychieva Lolaxon faol talaba yoshlar bilan birgalikda ko‘p yillardan buyon institut ozodaligi yo‘lida xizmatlarini ayamay kelayotgan xodimalar oilalariga tashrif buyurib, xonadon farzandlarini bugungi bayram bilan muborakbod etdilar.

Hozirgi sinovli  kunlarda bolajonlarda bayram kayfiyatini uyg‘otish, jajji ko’ngillarga shodlik ulashishni maqsad qilgan yoshlar, o‘z niyatlariga erishdilar. Shu kuni bolajonlarga bayram tuhfasi sifatida sovg‘alar ulashildi. Tashrif davomida jajji qalb egalari bo‘lmish kichkintoylar tomonidan quvnoq she’r va qo’shiqlar ijro qilindi.

Sinovli kunlardagi mana shunday tashabbus uchun raxmat aziz yoshlar!

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi