Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinsozlik instituti prfessor-o’qituvchilari tomonidan masofadan dars-mashg’ulotlari olib borilmoqda. Dars-mashg’ulotlari institut tomonidan tashkil etilgan moodle.andmiedu.uz platformasidan keng foydalanilmoqda.

Institut professor-o’qituvchilari tomonidan Butunjahon Internet tarmog’i imkoniyatlaridan ham foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. Xususan, institutning “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Hoshimjon Turgunov ZOOM dasturi orqali sirtqi ta’lim shakli (qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirgan) talabalar uchun “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2020 yil 31 may kuni soat 10 00 da “Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari” mavzusida hamda shu kuni soat 22 00 da “Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari” mavzularida dars-mashg’ulotini olib bordi.

Muloqotda 1-kurs «Menejment», 2-kurs «Menejment» va «Iqtisodiyot» yo’nalishlari talabalari ishtirok etdilar. Dars mashg’uloti talabalarda katta qiziqish uyg’otdi va ular faol ishtirok etdilar.