Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yaponiyaning “Goi tinchlik jamg’armasi” (The Goi Peace Foundation) Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va tgexnologiya vazirligi YUNESKO ishlari bo’yicha Yaponiya Milliy komissiyasi ko’magida yoshlar o’rtasida “2030-yilda o’zimdan maktub” (A letter from Myself in 2030) mavzusidagi eng yaxshi insho yozish tanlovini o’tkazmoqda.

Tanlov ishtirokchilari o’z insholarini tashkilotchilarning manzili (International Essay Contest c/o The Goi Peace Foundation 1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokyo 102-0093 Japan) yoki web-saxifasi (www.goipeace.or.jp) va elektron pochtasi (e-mail: essay@goipeace.or.jp) orqali on-line tarzda taqdim etishlari mumkin.

Insholarni on-line tarzda taqdim etish oxirgi muddati – 2020 yil 15-iyun.

Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (taxmiman 950 AQSH dollari) va 2020 yil noyabr oyida taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga sayoxat.

Tanlov to’grisidagi ma’lumotlarni quyidagi web-saxifa orqali olishingiz mumkin:      https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/