Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     

2020-yilning 29-may kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida navbatdagi 9-sonli ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish karantin qoidalariga to‘liq amal qilinib, qatnashchilar orasidagi masofa saqlangan holda tashkil etildi. Ilmiy kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz  malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmoni bo‘yicha institutda bajarilayotgan ishlar haqida.

Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.

Andijon mashinasozlik institutiga  2020-yilning yanvar-may oylarida  jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida.

Iqtidorli talabalar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy ishlar bo‘yicha tanlovi natijalari hamda talabalar respublika Fan olimpiadalarining I-bosqichi yakunlari haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va tahlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarori asosida professor-o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash to‘g‘risida.

Institutga qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat byudjeti mablag‘ining ishlatilmay qolgan qismini sarflash yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida.

Institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi holati va samarasini o‘rganish natijalari hamda ularni yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

Institut professor-o‘qituvchilarini shaxsiy ish rejalarining 2019/2020 o‘quv yili birinchi yarim yili yakuni bo‘yicha bajarilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

Institut qabul komissiyasining 2019-2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturaga qabul natijalari bo‘yicha hisoboti. Shu va boshqa masalalarga murojaat qilindi.

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlarining xisobotlari tinglangdi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek pandemiya davrida talabalar bilan masofaviy muloqotni samarali tashki etish, ularning murojaatlariga javob berish bo‘yicha institutdagi barcha bo‘limlarining rasmiy kanallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rtaga tashlandi. Endilikda institutda faoliyat olib boriyotgan bo‘limlarning telegram ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifalari ochiladi hamda soha egalari talabalar murojaatlariga bevosita kanal orqali javob berib borishadi.

Otabek Odilov 

Institut matbuot kotibi