Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    YUNESKO/L’OREAL dasturi doirasi tabiiy fanlar (fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari) soxasidagi olima ayollarga mo’ljallangan 2021 yil o’quv yili uchun Xalqaro mukofot tanlovi e’lon qilndi.

 

Nomzodlarga qo’yilgan asosiy talablar:

  • Xalqaro ilmiy xamjamiyatda etirof etilgan bo’lishi;
  • Ilm-fan soxasida faoliyat yuritayorgan bo’lishi ;
  • Fizika , matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga tegishli sohalar bo’yicha ilmiy faoliyat yuritishi

 

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi xujjatlarni to’ldirishi zarur:

  • Batafsil tarjimai xol
  • Mazkur mukofotga loyiqligini asoslovchi tavsiyanoma (tavsiya qiluvchi ilmiy muassasa yoki tashkilot tomonidan beriladi)
  • Ilmiy nashr va patentlar to’liq ro’yxati
  • Eng muxim 10 ta ilmiy nashrning ro’yxati (muximlik tartibi bo’yicha), dolzarbligini asoslovchi qisqa tezislar bilan birgalikda;
  • Eng muxim 10 ta ilmiy nashrning nusxasi
  • Xorijiy ilmiy muassasa yoki olimlar tomonidan tavsiyanomalar (3-5) ta

 

Tanlovda raqobat kuchli bo’lib, 5 mintaqa uchun 5 ta mukofot ajratiladi, mukofot miqdori 100.000 Yevro.

 

YUNESKO/L’OREAL mukofoti tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar xujjatlarini quyidagi mahsus web-saxifa orqali joriy yil 31-may kuniga qadar onlayn shaklda taqdim etishlari kerak.

 www.forwomeninscience.com