Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yilning 15-may kuni Andijon mashinasozlik instituti tashabbusi bilan “Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirishdagi zamonaviy muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn tarzda bo’lib, unda mamlakatimizdagi hamda bir qator xalqaro oliygohlardan 100 ga yaqin vakillar ishtirok etdilar.

Xususan N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Aleksandrov Anatoliy Aleksandrovich, Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti vitsa-prezidenti, professor Shen Zili, Belarusiyaning xalqaro texnika universiteti professori Gancherenok Igor Ivanovich, Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti, texnika fanlari nomzodi, dotsent Potexin Vyacheslav Vitalevich, Xalqaro «Zaporojskaya politexnika» universiteti, iqtisod fanlari doktori, professor Karpenko Andrey Vladimirovich, Janubi-sharqiy Yevropa tadqiqot markazi professori Anastasios Ntabizas, Bolgariyaning Ruse universiteti professori Angel Smrikarov, Rossiyaning Orsk gumanitar texnologiya instituti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mantrova Mariya Sergeyevna kabi xalqaro oliygoh vakillari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, sohaga oid tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 

 

 

Institut matbuot kotibi

Otabek Odilov