Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Erasmus+ dasturi

Erasmus+ bu ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha loyihalar, hamkorliklar, tadbirlar mobilliklarni qo’llab-quvvatlovchi Yevropa Ittifoqining dasturidir. 2014-2020 yillar uchun mo‘ljallangan ushbu dastur, yuqorida keltirilgan sohalar bo’yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari va hamkor-davlatlar bilan hamkorliklarini rivojlantirish maqsadida moliyalashtiriladi.

Quyidagi dastur yo’nalishlarida OTMlar uchun katta jamoa bo’lib va individual tarzda ishtirok etishlari mumkin: Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE), Xalqaro kredit mobilligi (ICM), Erasmus Mundus Qo’shma magisterlik darajalari (EMJMD), Jean Monnet dasturi (JM).

Erasmus+ haftaligi davomida turli maqsadli guruhlar uchun bir qator tadbirlar doirasida Yevropa universitetlari bilan hamkorlik qilish va qisqa muddatli individual mobillik uchun grantlar yutib olish, shuningdek magistratura va doktaranturada ta’lim olish uchun mavjud stipendiyalar haqida to’liq ma’lumotlar taqdim etish rejalashtirilmoqda (Haftalik dasturi ilovada).

Xalqaro kredit mobilligi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va o’qituvchilarning xalqaro almashinuvini qo’llab-quvvatlaydi hamda universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. OTMlar talabalari, o’qituvchilari va xodimlari ushbu yo’nalish bo’yicha savollari bilan o’z oliy ta’lim muassasalaridagi xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.

Erasmus Mundus qo’shma magisterlik dasturlari (EMJMD) ta’lim olish/berish va/yoki ilmiy tadqiqot olib borish uchun stipendiyalar takif qiladi. Dastur mazmuni, o’quv uslublari, xujjat topshirish va tanlov jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotni sizni qiziqtirgan qo’shma magistrlik loyihasi web-saytida tanishishingiz mumkin.

Erasmus+ dasturining O’zbekistondagi faoliyati

Hozirgi kunda jami 21 ta Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarida 52ta oliy ta’lim muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi 29ta OTM va respublikaning 11 ta viloyati va Qoraqalpog’istondan 33 OTMlar ishtirok etmoqda.

Xalqaro kredit mobilligi loyihalar soni 150tadan ortiq bo’lib, unda professor-o’qituvchilari va talabalar o’rtasida qisqa muddatli almashinuvlar amalga oshirilmoqda. Loyihalarda 62 oliy ta’lim muassasalari, jumladan

Toshkent shahridagi 29ta OTM va respublikaning 11 ta viloyati va Qoraqalpog’istondan 33 OTMlar ishtirok etmoqda. 2017/2018 yilidan boshlab Yevropadagi turli korxonalari va yo’nalishga tegishli bo’lgan noakademik tashkilotlarda amaliyot o’tash imkoniyati ochildi.

Erasmus+ Haftaligi vazifalari

– Yevropa universitetlari bilan O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik qilish uchun mavjud barcha imkoniyatlar haqida ma’lumot berish

– Yevropa hamkor universitetida qisqa muddatli ta’lim olish, doktorantura va magistraturada to’liq ta’lim va diplom olish, OTM professor-o’qituvchilar uchun dars berish va ilmiy tadqiqot olib borish bo’yicha mavjud imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar berish. Erasmus Mundus dasturi bitiruvchilarining xalqaro ta’lim tajribalari bilan tanishtirish

Ishtirokchilar

Ishtirokchilar: Oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilari, amdinistrativ xodimlar, talabalar va doktorantlar, ota-onalar va kelajakdagi talabalar

Tashkilotchilar

O’zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar Milliy guruhi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi.

O’zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi,

Tel.: + (998-71) 238 99 18/21, Faks: + (998-71) 238 58 99,

E-mail: neo@erasmusplus.uz, http://www.erasmusplus.uz,

https://www.facebook.com/erasmusplusuz/, https://t.me/erasmus_uzb,

Instagram: erasmusinuzbekistan