Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to’g’risida”gi 233-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, ta’til vaqtida o’quv jarayonini uzluksizligini ta’minlash hamda talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo’llab-quvvatlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari tomonidan fanlar bo’yicha tayyorlangan 150 dan ortiq videodarslarni Youtube.com ijtimoiy tarmog’idagi institutning rasmiy sahifasiga (https://www.youtube.com/channel/UCHoYBj5msjBs-owxu3hhGTw) hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ochilgan masofaviy ta’lim portal tizimi education_online (https://t.me/joinchat/ONWtFVAh4dl2BXEmJ47Swg) guruhiga joylashtirildi.

Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan elektron ta’lim resurslari (o’quv-uslubiy majmua, o’quv-uslubiy ko’rsatma, ma’ruzalar kursi, bitiruv-malakaviy ishlar va hokazolar) ZiyoNET ta’lim portali (http://library.ziyonet.uz/uz)  ga ham muntazam ravishda joylanib kelinmoqda.

Talabalarga masofadan turib xizmat ko’rsatish maqsadida, Axborot-resurs markazining ijtimoiy tarmoqdagi telegramm bot kanalida t.me/@andmiarm_bot  sahifasi ishga tushirilgan. Ushbu kanalda institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlariga o’tiladigan fanlarning jami 4824 nomda 83,5 Gb hajmdan iborat asosiy o’quv adabiyotlari, o’quv-uslubiy majmualari va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan. 

       SHuningdek, institut www.andmiedu.uz  sayti tarkibida www.lib.andmiedu.uz  elektron kutubxona tashkil qilingan. Ushbu elektron kutubxonadagi mavjud ARMAT dasturiga ARM fondida mavjud 5904 nomdagi to’liq matnli elektron o’quv adabiyotlar joylashtirilgan. Foydalanuvchilar ushbu elektron resurslardan masofadan turib foydalanishlari mumkin. 

Institutning telegramm ijtimoiy tarmog’idagi t.me/@andmiedu   kanali orqali oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining telegram ijtimoiy sahifasi t.me/@eduuz ga joylashtirilayotgan ta’lim resurslariga oid ma’lumotlar, kirish bepul bo’lgan ta’lim va axborot saytlari ro’yxatlari, televideniye orqali masofaviy o’quv mashg’ulotlari efirga uzatiladigan telekanallar haqida axborotlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

SHuningdek, telegramm ijtimoiy tarmog’ida AndMI Masofaviy ta’lim https://t.me/diceduandmi  kanali ochilib, institutda o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha video va audio darsliklarni ko’rish va yuklab olish imkoniyati yaratildi. Ushbu kanalga Andijon mashinasozlik institutida o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha video va audiolar joylab boriladi.

Talabalarni tashkil etilayotgan jarayonlardagi ishtirokini nazorat qilish maqsadida, murabbiylar tomonidan telegramm ijtimoiy tarmog’ida guruhlar ochilib, unga barcha talabalar jalb qilinmoqda va o’zaro muloqot olib borilmoqda.

Institutda bir necha yildan buyon MOODLE masofaviy ta’lim platformasi http://moodle.andmiedu.uz o’quv jarayonida  muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Institut masofaviy ta’lim portali http://moodle.andmiedu.uz da institut professor-o’qituvchilari fanlar bo’yicha o’zlari o’tadigan fanlari bo’yicha masofaviy kurslar yaratgan.

Institut ATM tomonidan institutining professor-o’qituvchilari, magistrlari xamda talabalari uchun mo’ljallangan “Moodle tizimida ishlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalartayyorlandi va foydalanish uchun taqdim etildi. O’z navbatida institut professor-o’qituvchilari uchun http://moodle.andmiedu.uz elektron ta’lim tizimida elektron o’quv kursini yaratish, “Ma’ruza”, “Kitob”, “Fayl” (taqdimot, pdf  hujjatlar, video, audio va boshqa fayllar) kurs elementlaridan foydalanish, shu bilan birgalikda “Seminar”, “Topshiriq”, “Glossariy”, “Test” kurs elementlaridan foydalanish va Microsoft Word hujjatidan testlarni import qilish, ro’yhatdan o’tish, o’quv kurslariga yozilish, baholar va hisobot elementlaridan foydalanish kabi mavzular bo’yicha videoqo’llanmalar qilib tizimning asosiy saxifasiga joylangan.

SHu bilan birga tayyorlanayotgan video darslarning sifatini oshirish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan monitoring  amalga oshirilmoqda va institut rektorining topshirig’iga asosan “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan video darslarni tayyorlash bo’yicha na’munaviy video darslar tayyorlanmoqda.

Mazkur tizimga 18 ta ta’lim yo’nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklarida o’qitilayotgan 365 fanlardan videodarslar, o’quv adabiyotlar, o’quv-uslubiy majmualar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, mavzular bo’yicha taqdimotlar, video lavhalar, masalalar to’plami, test va nazorat savollari professor-o’qituvchilar tomonidan joylashtirilmoqda. Institutning 152 ta guruhlarining 3393 nafar talabalariga Moodle elektron tizimiga kirish va undan foydalanish uchun login va parol berildi. Hozirgi kunda ushbu tizimdan 6945 nafar foydalanuvchi foydalanmoqda.

Ushbu tizim orqali 2019/2020 o’quv yilining bahorgi semestridagi fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi kerak bo’lgan mavzular yuzasidan talabalarga tegishli bilim va ko’nikmalar berilmoqda hamda talabalarning o’zlashtirishi kurs yakunida onlayn tarzda fan doirasida test tizimi orqali baholanishi belgilangan. 

O’zgartirilgan o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi

Koronavirus tufayli ikki xaftalik talabalarning muvaqqat ta’tilini hamda o’quv darslari masofaviy tarzda 1 apreldan boshlanganini inobatga olgan  holda ishlab chiqilgan o’zgartirilgan o’quv jarayoni jadvali institutning masofaviy tarzda ZOOM orqali o’tkazilgan yig’ilishida tasdiqlandi. Bitirtiruvchi kurslarni amaliyoti hozirgi sharoitdan kelib chiqib iyun oyiga surilgani ta’kidlanadi.

Bitirtiruvchi 4-kurs talabalarini YAB o’tkazilish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

O’zgartirilgan o’quv jarayonidan kelib chiqib joriy yilning 27 aprelidan institutning bitirtiruvchi 4-kurslarida YAkuniy baholashlar o’tkazilishi munosabati bilan  2020 yilning 25 aprelida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov ZOOM orqali o’quv –uslubiy bo’lim boshlig’i, fakultet dekanlari, ATM boshlig’i ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda “Moodle” platformasidan foydalanib YABlarni o’tkazish tartibi tushuntirildi.  Mazkur platforma orqali YABlarni o’tkazishda fakultet va kafedralar professor-o’qituvchilarining vazifalari uqtirildi. 

Talabalarning YAkuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida

2020 yilning 30 aprelida masofaviy tarzda ZOOM orqali o’tkazilgan Ilmiy Kengashida yig’ilishida “Talabalarning YAkuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida”gi masala ko’rib chiqildi.

2019-2020 o’quv yilida 11 ta bakalavriat yo’nalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha YAkuniy davlat attestatsiya sinovlari o’tkazilishi ta’kidlandi.

Karantin sababli , bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha BMI tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olib hozirgi kunda Vazirlikning 2020 yil 27 martdagi 233-son, 2020 yil 10 apreldagi  257-sonli buyruqlari asosida   barcha yo’nalishlarda fanlararo YADA sinovlarini masofaviy ta’limda (Moodle tizimida) o’tkazilishi kelishib olindi. Har bir yo’nalish bo’yicha mutaxassislik kafedralari tomonidan uchtadan mutaxassislik fanlari aniqlandi va  test savollari tayyorlanmoqda:

TJICHAB yo’nalishi

  1. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
  2. Avtomatlashtirishning texnik vositalari.
  3. Avtomatlashtirilgan sistemalarni loyixalash, o’rnitish va sozlash.

XFX yo’nalishi

  1. Mexnat muxofazasi;
  2. Avariya – qutqaruv ishlari.
  3. Bino, inshoatlarni kurish va ishlatish xavfsizligi

EEE yo’nalishi

1 Nazariy elektrotexnika;

2 EMTni boshqarish va energiya samaradorligini oshirish;

3 Elektr izolyatsiya va kabel texnikasi.

MSMSM yo’nalishi

1.Metrologiya asoslari

2.Standartlashtirish asoslari

3.Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish asoslari

 “TMJ” yo’nalishi

1 Payvandlash metallurgiyasi

2 Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari

3 Payvand konstruktsiyalarini loyihalash

Avtomobilsozlik yo’nalishi

  1. Avtomobil va traktorlarni loyihalash.
  2. Avtomobil va traktorlarni sinash.
  3. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi.

MTMICHJA yo’nalishi

1 Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari

2 Mashinasozlik texnologiyasi – 2

3 Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi

Iqtisodiyot yo’nalishi

1 Makroiktisodiyot

2 Marketing.

3 Innovatsion iktisodiyot

EUTT va UE yo’nalishi

1 Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash

2 Avtomobillarning texnik servisi

3 Avtomobillarda tashish va xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari

Kasb ta’limi yo’nalishi

1 Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari

2 Mashinasozlik texnologiyasi-2

3 Kasbiy ta’lim metodikasi

MYAMT yo’nalishi

  1. Materialshunoslikning fundamental asoslari
  2. Polimer kompozitsion materiallar
  3. YAngi materiallar texnologiyalari

YAkuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo’yicha dasturlar ishlab chiqilishini tezlashtirish hamda O’quv-uslubiy bo’limdan ro’yxatdan o’tkazilib bitiruvchilarga yetkazilish topshirig’i berildi.

Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ZOOM tarmog’i orqali onlayn usulda amalga oshirilishi belgilandi.