Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-son qarori bilan Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakli bo’yicha bir yilda 4 marotaba talabgorlarning hujjatlarini topshirish belgilangan.

    Shu munosabat bilan, Andijon mashinasozlik institutida joriy yilning 15-aprelidan 15-mayiga qadar mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni onlayn (hujjatlar yuborish uchun telegramm raqami: 97-582-02-62) ro’yxatdan o’tkazish mumkinligini e’lon qilamiz.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka);

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;

– fan doktorligi ilmiy darajasini olish uchun qo’shimcha fan nomzodi yoki falsafa doktorligi to’g’risidagi diplom nusxasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari;

– ish joyidan tavsifnoma.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

    Talabgorlar qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun institut ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limiga (74) 223-47-18 (yoki 97-582-02-62) telefon orqali murojaat qilishlari mumkin.