Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

E’LON!

Qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirgan talabalar diqqatiga!!!
2020-yil 20-aprel kunidan boshlab modul http://moodle.andmiedu.uz  tizimida o’qish boshlandi. Buning uchun modul tizimiga kirishda pasport bo’yicha (loginga talabaning pasport seriyasi va raqami kichkina xarflarda:  misol uchun aa1234567 kiritiladi parolga ham xuddi shu raqam: aa1234567) kiriladi. Tizimga kirish 15 fevralgacha xujjat topshirganlar uchun ruxsat berilgan. Ruxsat berilganlar ro’yxati quyida ilova qilinmoqda.

👇👇👇👇👇

☎️ +998997272457
☎️ +998911749966
☎️ +998977839550

QO‘SHNI DAVLATLARDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIGA O‘QISHINI KO‘CHIRIB KELGAN TALABALARGA UCHUN MA’LUMOTLAR

Ayni kunlarda yurtimizga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin e’lon qilinganligi sababli 2019-2020 o‘quv yilining baxorgi semestri masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilganligi munosabati bilan, Siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi va uning mas’ul xodimi bilan bog‘lanishingiz hamda tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarni olishingiz so‘raladi.

Siz O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni asosida (15-fevralgacha hujjat topshirib, biz e’lon qilgan ro‘yxatda ism familiyasi ko‘rsatilgan talabalar nazarda tutilyapti) Andijon mashinasozlik institutiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgansiz. 

Shuning uchun 2019-2020 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt summasini 50 % miqdoridagi summani to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Siz to‘lov shartnomasini olish uchun https://t.me/andmibuxinfo telegramm kanaliga bog‘lanishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun: +998934115378 AndMI Marketing bo‘limi

+998935352184 AndMI Xisobxona

Hurmatli talabalar! http://moodle.andmiedu.uz platformasiga kirish haqida ko‘plab savollar bo‘lgani uchun kirish haqida ozgina eslatma yozishga qaror qildik.

Platformaga kirish uchun nima qilish kerak?

Avval, siz uchun berilgan login va parolni olasiz (kunduzgi va sirtqi ta’lim tizimi uchun login parollar berildi). Eslatma, login va parol bir xil bo‘ladi talabaning passport seriyasi va raqami (masalan: ab1234567). Login va parolni bilib olganingizdan so‘ng, qo‘l telefon yoki kompyuteringiz brauzeri orqali http://moodle.andmiedu.uz veb saytiga kirasiz. Agar login va parolni to‘g‘ri kiritsangiz, keyinggi sahifada ehtiyot uchun «parolni o‘zgartirish» bo‘limi chiqadi va parolni o‘zgartirishingiz mumkin (bu xavfsizlik yuzasidan).

Agar platformaga kira olmayotgan bo‘lsanggiz, bu sayt ishlamayapti degani emas, ikkita sababi bo‘lishi mumkin. Birinchisi, internetingiz yaxshi ishlamayotgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchisi, telefon yoki kompyuteringiz brauzeriga veb sayt mos kelmagan. Ko‘proq, ikkinchi sabab bo‘lganligi uchun brauzeringizni almashtirishingizni tavsiya qilamiz.

Parolni o‘zgartirganingizdan so‘ng, sizning shaxsiy kabinetingiz ochiladi. Oyna ochilgandan so‘ng, eng pastga tushib «Barcha kurslar» degan joyni bosasiz. O‘sha yerdan fakul’tet, yo‘nalishni tanlab, fanlarni ko‘rishinggiz (fanlar ichida ma’ruza va slayd bor), o‘qituvchi bilan aloqaga chiqishingiz mumkin!

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu ilovani telefoningizga o‘rnating va masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishda qulayliklarga ega bo‘ling.

Ushbu ilova sizga brauzerdan kirishdan ko‘ra qulayroq.

Dastlab o‘rnatganingizda oynaning so‘ralgan joyiga http://moodle.andmiedu.uz manzilini kiritasiz. Shundan so‘ng oynada login va parolingizni kiritishingiz haqidagi so‘rov chiqadi. Ularni kiritganingizdan so‘ng programma to‘liq ishga tushadi.

Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib oling

https://download.moodle.org/mobile?version=2019111802.03&lang=uz&iosappid=633359593&androidappid=com.moodle.moodlemobile

Talabalar masofadan o‘qishayapti, ularning kontrakt pulida o‘zgarish bo‘ladimi?

Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari:

Bugungi karantin kunlarida oliy ta’lim muassasalari xodimlari va professor-o‘qituvchilariga oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda davlat byudjeti va oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan o‘qish uchun to‘langan kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda.

Shuningdek, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda. Masofaviy ta’lim bevosita (muloqotdagi auditoriya mashg‘ulotlari) o‘quv jarayoni grafigining ikki oyi bo‘yicha kiritilayapti.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, talabalar tomonidan joriy o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlari to‘liq amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan bir qatorda, karantin davrida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga ish haqlari va mehnat ta’tili pullari,shuningdek, talabalarga stipendiya to‘lovlari belgilangan tartibda to‘lab berilishi yuzasidan vazirlik tomonidan OTMga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va bu masalada doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Login va parollarini eslayolmay yo’qotib qo’yganlar o’zlari o’iyotgan fakultetning o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosariga yoki guruh murabbiyiga, sirtqi yo’nalishdagilar esa Sirtqi bo’lim boshlig’iga murojaat qilishingiz yoki bo’limning telegramdagi kanaliga ulanish orqali savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Institut ma’muriyati.