Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

«O’zavtosanoat» aktsiyadorlik jamiyati talabalar va aspirantlarni, shuningdek, yosh tajribali mutaxassislarni Kompaniyaning korxonalarida, shu jumladan, kompaniyaning bosh ofisida ishlashga va pullik (to’lanadigan) stajirovkaga taklif qiladi.

 UzAvto-da ishlash – bu yosh mutaxassislarga yirik kompaniyada ish boshlash, bebaho ish tajribasiga ega bo’lish va o’qitish jarayonida olgan bilimlarini amalda qo’llash uchun ajoyib imkoniyatdir.

 Tanlangan yosh mutaxassislar kompaniyaning quyidagi boshqarmalarga ishga taklif qilinadi:

 – Marketing va sotuv

 – investitsiyalarni jalb qilish

 – Moliya

 – Muhandislik (loyihalarni boshqarish)

 Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

 – Ingliz, rus va o’zbek tillarini bilish;

 – bakalavr yoki magistr diplomining mavjudligi;

 – testlar va intervyulardan muvaffaqiyatli o’tish;

 – MS Office dasturida bemalol ishlay olish;

 – Avtomobilsozlik sohasidagi tajriba va transport vositalarini loyihalash bo’yicha bilimlar qo’llab-quvvatlanadi;

 – moliyaviy vositalarni juda yaxshi tushunish;

 – Rivojlangan aloqa ko’nikmalari, yuqori samaradorlik, multitaskingda ishlash qobiliyati.

SHartlar:

 – To’liq ish vaqti. “O’zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalarga xizmat safarlariga yuborilish mumkin.

 – O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash.

 – munosib ish haqi va bonuslar

Barcha qiziqqan nomzodlardan fotosurat va telefon raqamlari bilan rezyume (CV) ni elektron pochta manziliga yuborishlarini so’raymiz: hr@uzavtosanoat.uz  #UzAvto-da ishlashni xohlayman xeshtegi bilan.