Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to’g’risida”gi 233-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, ta’til vaqtida o’quv jarayonini uzluksizligini ta’minlash hamda talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo’llab-quvvatlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari tomonidan fanlar bo’yicha tayyorlangan 100 dan ortiq videodarslarni Youtube.com ijtimoiy tarmog’idagi institutning rasmiy sahifasiga (https://www.youtube.com/channel/UCHoYBj5msjBs-owxu3hhGTw) hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ochilgan masofaviy ta’lim portal tizimi education_online (https://t.me/joinchat/ONWtFVAh4dl2BXEmJ47Swg) guruhiga joylashtirildi.

Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan elektron ta’lim resurslari (o’quv-uslubiy majmua, o’quv-uslubiy ko’rsatma, ma’ruzalar kursi, bitiruv-malakaviy ishlar va hokazolar) ZiyoNET ta’lim portali (http://library.ziyonet.uz/uz)  ga ham muntazam ravishda joylanib kelinmoqda.

Institutda bir necha yildan buyon MOODLE masofaviy ta’lim platformasi http://moodle.andmiedu.uz o’quv jarayonida  muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Institut masofaviy ta’lim portali http://moodle.andmiedu.uz da institut professor-o’qituvchilari fanlar bo’yicha o’zlari o’tadigan fanlari bo’yicha masofaviy kurslar yaratgan.

Mazkur tizimga 18 ta ta’lim yo’nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklarida o’qitilayotgan 365 fanlardan videodarslar, o’quv adabiyotlar, o’quv-uslubiy majmualar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, mavzular bo’yicha taqdimotlar, video lavhalar, masalalar to’plami, test va nazorat savollari professor-o’qituvchilar tomonidan joylashtirilmoqda. Institutning 152 ta guruh talabalariga Moodle elektron tizimiga kirish va undan foydalanish uchun login va parol berildi.

Ushbu tizim orqali 2019/2020 o’quv yilining bahorgi semestridagi fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi kerak bo’lgan mavzular yuzasidan talabalarga tegishli bilim va ko’nikmalar berilishi hamda yakunida onlayn tarzda talabalarning fan doirasida test tizimi orqali baholanishi ko’zda tutilgan. 

Talabalarga masofadan turib xizmat ko’rsatish maqsadida, Axborot-resurs markazining ijtimoiy tarmoqdagi telegramm bot kanalida t.me/@andmiarm_bot  sahifasi ishga tushirilgan. Ushbu kanalda institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlariga o’tiladigan fanlarning jami 4824 nomda 83,5 Gb hajmdan iborat asosiy o’quv adabiyotlari, o’quv-uslubiy majmualari va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan. 

       SHuningdek, institut www.andmiedu.uz  sayti tarkibida www.lib.andmiedu.uz  elektron kutubxona tashkil qilingan. Ushbu elektron kutubxonadagi mavjud ARMAT dasturiga ARM fondida mavjud 5904 nomdagi to’liq matnli elektron o’quv adabiyotlar joylashtirilgan. Foydalanuvchilar ushbu elektron resurslardan masofadan turib foydalanishlari mumkin. 

Institutning telegramm ijtimoiy tarmog’idagi t.me/@andmiedu   kanali orqali oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining telegram ijtimoiy sahifasi t.me/@eduuz ga joylashtirilayotgan ta’lim resurslariga oid ma’lumotlar, kirish bepul bo’lgan ta’lim va axborot saytlari ro’yxatlari, televideniye orqali masofaviy o’quv mashg’ulotlari efirga uzatiladigan telekanallar haqida axborotlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

SHuningdek, telegramm ijtimoiy tarmog’ida AndMI Masofaviy ta’lim https://t.me/diceduandmi  kanali ochilib, institutda o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha video va audio darsliklarni tomosha qilish va yuklab olish imkoniyati yaratildi. Ushbu kanalga Andijon mashinasozlik institutida o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha video va audiolar joylab boriladi.

Talabalarni tashkil etilayotgan jarayonlardagi ishtirokini nazorat qilish maqsadida, murabbiylar tomonidan telegramm ijtimoiy tarmog’ida guruhlar ochilib, unga barcha talabalar jalb qilinmoqda va o’zaro muloqot olib borilmoqda.