Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti ilmiy jurnali uchun

MUALLIFLAR DIQQATIGA!

Ilmiy maqolalarga qo’yilgan talablar:

  1. Maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
  2. Maqola birinchi betining yuqori qismida muallif to’g’risida ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak (familiyasi, ismi, otasining  ismi to’liq ko’rsatilishi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi (agar bo’lsa) va unvoni , E-mail va muloqot telefonlari).
  3. Maqola 3 ta (o’zbek, rus va ingliz) tillardagi annotatsiya bilan elektron variantda va qog’oz shaklida topshirilib, muallif tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Maqola 5 betdan kam bo’lmagan, A4 formatda, 12 pt. shriftida, 1.0 intervalda, yuqoridan, o’ngdan, chapdan, pastdan 2,5 sm joy qoldirib, MS-WORD 2003-2010 dasturida, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim.
  4. Maqola tegishli fan yo’nalishi bo’yicha fan doktorining rasmiy taqrizi hamda chop etish mumkinligi haqida ekspertiza xulosasi bilan birga qabul qilinadi. SHu bilan birga, tahririyat maqolani qo’shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo’yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
  5. Maqoladagi ma’lumotlar, faktlar va statistikalarning to’g’riligiga mualliflar mas’uldir.
  6. Maqolada albatta jadval (chizma yoki rasm)lar manbalari aniq ko’rsatilishi, qisqartma so’zlarga izoh berilishi lozim.
  7. Maqolalarning nomi, qisqacha annotatsiyasi, tayanch so’zlar (5-6 qator) 3 ta tilda (o’zbek, rus va ingliz tillarida) beriladi.
  8. Maqola ichidagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Maqola so’ngida foydalanilgan adabiyotlar foydalanish ketma-ketligi bo’yicha yozilishi kerak.
  9. Ilmiy maqolalar tahririyatga kelib tushish tartibi bo’yicha jurnal sonlarida ketma-ketlikda chop etilib boriladi. YUqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko’rib chiqilmaydi.
  10. CHop etishga tayyor maqolalar tahririyatga mualliflar tomonidan topshiriladi yoki muallifning manzili (boshqa shaharliklar uchun) ko’rsatilgan holda pochta orqali jo’natiladi
  11. Ilmiy maqolalar mualliflarining huquqlari O’zbekiston Respublikasining 20.07.2006 yilda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonun asosida himoyalanadi.
  12. Diqqat! Maqolaning oxirgi beti albatta muallif(lar) tomonidan imzolangan bo’lishi shart.

E-mail: mashinasozlikjurnali@mail.ru ,

Texnik muharrir: Q.Xalmerzayev Tel:(74)-223-47-18, 97-528-02-62