Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

«ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISHNING INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR» MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASINING

AXBOROT XATI

      O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-F-son farmoyishini 1-ilovasi «2020-yilda o’tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi»ga ko’ra 2020-yil 13-15 may kunlari Andijon mashinasozlik instituti «Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning  innovatsion rivojlantirishdagi zamonaviy muammolar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi.

Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo’nalish (seksiya) lari:

1-seksiya. Texnika fanlar yo’nalishlari;

  • mexatronika va robototexnika,
  • axborot texnologiyalari;
  • mexanika va mashinasozlik;
  • metrologiya va materialshunoslik;
  • energetika va elektrotexnika;
  • to’qimachilik va yengil sanoat;

2-seksiya. Ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar yo’nalishlari:

3-seksiya. Aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlari:

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, respublikamiz Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o’qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari qatnashishlari mumkin. Dastur va materiallar to’plami anjuman boshlangunga qadar chop etiladi. Konferensiya materiallari to’plamiga UDK, BBK, kutubxona indeksidagi kitob raqami beriladi.

Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalar 2020-yilning  30-apreliga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi: 

  1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllarda ikkita fayl: maqola (Xalmerzaev_maqola) va talabnoma (Xalmerzaev_zayavka) ko’rinishida Word 2003, 2010 formatida Times New Roman, 14 kegl, satrlar oralig’i 1,5, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o’ngdan 2 sm qoldirilgan holda satr boshi 1sm bo’lishi shart.
  2. Manba va adabiyotga havola (silka)lar asosiy matn ichida [1] ko’rinishda bo’lishi lozim (na’munaga qarang).
  3. Taqdim etilayotgan tezis 3 bet (to’liq) va ilmiy maqola hajmi 5 betdan kam bo’lmasligi talab etiladi.
  4. Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to’plamining nashr xarajatlari har bir tezis uchun 50 000 so’m va ilmiy maqola uchun 80 000 so’m deb belgilangan (xorijiy mualliflardan badal undirilmaydi).
  5. Anjuman materiallari o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
  6. Bitta ishtirokchi ko’pi bilan 2 ta maqola taqdim etishi mumkin.

N A M U N A

MAQOLANING NOMI

Muallifning familiya, ismi, sharifi

Ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi

Annotatsiya

Kalit so’zlar

Asosiy matn.  [1].(namuna)

Adabiyotlar

Muallif. Maqola nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili.

Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ning namunasi: 

  1. Familiya, ism, sharifi________________________________________________
  2. Ilmiy darajasi va unvoni ____________________________________________
  3. Ish joyi, lavozimi_____________________________________________________
  4. Maqolaning yo’nalishi (seksiya) raqami____________________________
  5. Maqolaning nomi____________________________________________________
  6. Telefon ______________________________________________________________
  7. E-mail________________________________________________________________ 

DIQQAT!

 Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun maqola va talabnomalar (zayavka) 2020-yilning 30-apreliga qadar  qabul qilinadi.

 Tashkiliy qo’mita ilmiy maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.

 Tashkiliy badal va nashr xarajatlari uchun to’lov redkollegiya tomonidan ilmiy maqolalar nashrga tavsiya etilganidan so’ng qabul qilinadi.

 Faqat redkollegiya tomonidan nashrga tavsiya etilgan va nashr xarajatlari uchun to’lovni amalga oshirgan mualliflarning ilmiy maqolalari chop etiladi.

Talablarga javob bermaydigan ilmiy maqolalar qabul qilinmaydi va mualliflarga  qaytarilmaydi.

Manzil: Andijon shahri, Bobur shox ko’chasi, 56 uy.

Anjuman o’tkazish uchun mas’ul: Ilmiy  ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor.

Telefon raqami: 998(74)-223-47-18, telegramm: 998(97)-582-02-62.

E-mail: xalmerzaqobil@gmail.com

Plastik nomeri: 8600332976258131 

Andijon mashinasozlik instituti 

Rekvizitlari: oluvchining nomi MB, BB, XKKM Toshkent shahar х/r 23402000300100001010, MFO 00014 STIR 201122919. To’lov badali uchun SHXB 400110860034017950100079001, Andijon mashinasozlik instituti, INN 202525534.