Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     “Obod yurt” shiori ostida tashkil etilayotgan xayriya hasharlarining 2-kuni, garchand hafta kunining yakshanbasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham bugun institut hududi professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodim va talabalar bilan gavjum. Hayrli ishni oxirigacha qil degan naqlga amal qilgan holda bugun ham oliygoh hududini obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Erta tongdan oliygohimiz hududini obod qilish yo‘lida  jamoa kechagi ruhiyat va ishtiyoq bilan ish boshladi. Institutning barcha fakultet hududlaridagi landshaflarga ekilgan daraxtlar oqlanib, ularga shakl berish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi va qo‘shimcha manzarali daraxtlar ekildi. Maydonlar esa begona o‘tlardan tozalandi.  

Institutning ayol professor-o’qituvchilari hamda ishchi xodimalari

Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, Odam-mehnati bilan

Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi