Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Xalqimiz biror joyga mehmonga borganda avvalo o‘sha joyning ozodaligiga juda katta e’tibor qiladigan xalq. Shu sababdanmi yoshligimizdan uyimizga mehmon keladigan bo‘lsa, ota-onamiz bilan birgalikda yana bir bor uylarimizni tozaligiga e’tibor berib, uning ozodaligini ta’minlashga harakat qilamiz. Chunki keladigan inson bu uyning ozodaligi bilan honadon egalariga baho beradi. Sarishtalik honadonlardan mahallalarga, mahallalardan tuman va shaxarlarga ulanadi. Shu tariqa yurtimiz bo‘ylab barcha hududlar ko‘z ochib yumguncha ko‘rkam holga keladi.  Ayniqsa obobdonlashtirish ishlari baxor fasli kirib kelishi bilan o‘zbek xalqining hamjihatligini aks ettiruvchi hasharlarda namoyon bo‘ladi.  

     Mana shunday azaliy urf-odatga sodiq qolgan holda yurtimiz bo‘ylab 14-15-mart kunlari “Obod yurt” shiori ostida umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi. Ushbu chorlovga labbay degan holatda Andijon mashinasozlik insituti jamoasining eng yosh vakillaridan tortib yoshi ulug‘lar ham erta tongdan institut hududidagi gulzorlar, bog‘ va tevarak atrofdagi barcha maydonlarni obodonlashtirish ishlariga kirishdilar. Hashar davomida yo‘l yuzida joylashgan landshaflardagi daraxtlar oqlanib, bo‘sh hududlarga yangi nihollar ekildi. Maydonlar begona o‘tlardan tozalanib, chopiq ishlari orqali tuproqqa ishlov berildi va manzarali gullar ekishga tayyor holga keltirildi. Ishning unumi bu insonning kayfiyatiga bog‘liq. Hasharchilar esa ko‘tarinki kayfiyatda o‘z ishlariga sidqidildan yondashgan holda harakat qilayotganliklarini suratlar orqali ham ko‘rish mumkin.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi