Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

           Andijon mashinasozlik institutining Kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda bitiruvchilarning mutaxassisligi bo’yicha ishga yo’naltirishga qaratilgan chora – tadbirlar rejasiga asosan, institutning 2019/2020  o’quv  yili  bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida 11 mart kuni institut katta majlislar zalida artel” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institut O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i A.Ismoilov, Bitiruvchilar portfelini shakillantirish, ishga taqsimlash va monitoring bo’limi iqtisodchisi S.YOrqulov, artel” kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Marina Saribekyan, muxandis konstruktor Alqosimov Baxrom, mutaxassislik kafedralari o’qituvchilari va 120 nafardan  ortiq bitiruvchi talabalar  qatnashdilar. Uchrashuvni O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov kirish so’zi bilan ochib yig’ilganlarga artel” kompaniyasi vakillarini tanishdirdi xamda ularning tashriflari maqsadini aytib o’tdi. SHundan so’ng artel” kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Marina Saribekyan yig’ilganlarga kompaniya xaqida ma’lumot berib, bitiruvchilar bilan uchrashishdan asosiy maqsad ularning orasidan kompaniya va uning qoshidagi korxonalarda ishlash uchun bitiruvchilarni saralab olish ekanligini bildirib, bunday saralashlar institutda bir necha yildan beri o’tkazib kelinayotganligi va buning samarasi o’laroq institut bitiruvchilari xozirgi kunda kompaniyada turli lavozilarda ishlab kelayotganligini ta’kidladi. O’z navbatida o’tgan 2018/2019 o’quv yili bitiruvchilaridan          15 nafari xozirda kompaniyada ishlayotganligini bildirdi. SHu bilan birga 2019/2020 o’quv yili bitiruvchilariga, bitirganlaridan so’ng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborotlar  hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar o’z yo’nalishlari bo’yicha to’rt yil olgan bilimlarini va mahoratlarini aniqlash bo’yicha sinovlar o’tkazilishini va ular test sinovlari ko’rinishida bo’lishligini ta’kidladi.

SHundan so’ng artel” kompaniyasi faoliyati xamda kompaniya tarkibidagi zavodlarning ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risidagi video rolik namoish etildi.

Kompaniya muxandis konstruktori Alqosimov Baxrom o’z so’zida, 2018/2019 yilda institutni Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo’nalishini tamomlaganligi xaqida, o’tgan yilda xam shunday uchrashuv bo’lganligi va unda test natijalaridan yuqori ballarga erishganligi uchun kompaniyaga ishga qabul qilinganligini aytdi. So’ngra  o’tkazaladigan test sinovi, uni topshirish tartibi xamda test savollari bo’yicha tushuntirish berdi. SHu bilan birga test sinovlarining natijalari aprel oyida e’lon qilinishi xamda muvaffaqiyatli topshirganlar kompaniya bosh ofisiga chaqirtirilishi va ular bilan suhbatlar o’tkazilib, ishga qabul qilinishi aytilib, doimo aloqada bo’lib turish uchun kompaniya vakillarining telefon raqamlari yig’ilganlarga yetkazildi. Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va ularga tegishlicha  javoblarni oldilar.

SHundan so’ng test sinovlarini o’tkazish boshlandi, ushbu jarayon “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining 105 va 115-auditoriyalarida bo’lib o’tdi. Bunda talabalar Artel kompaniyasining maxsus anketalarini to’ldirib, test topshiriqlarini bajardilar.