Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatning har jabhada rivojlanishi, ham iqtisodiy ham ijtimoiy tarafdan tez suratlarda o‘sib borishining asosiy omillarida biri undagi yoshlarning intelektual salohiyati bilimidir. Bugun zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun shunchaki bilimni o‘ziga ega bo‘lish yetarli emas. Bor bilimga tayangan holda uni amalga tadbiq etish, vaziyatga o‘z o‘rnida baho berish, kerakli joyda to‘g‘ri xulosa chiqarib, uchraydigan masalalarga maqbul yechim topish orqali kutilgan natijaga erishish mumkin. Buning uchun esa insondan mantiqiy fikrlash, intelektual salohiyat talab etiladi.

     Talaba-yoshlarda ana shunday ko’nikmalarni hosil qilish va rivojlantirish maqsadida intelektual o‘yinlarni tashkil qilib borish maqsadga muvofiq.

     2020-yilning 11-mart kuni institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti guruhlari o‘rtasida Zakovat intelektual bilimdonlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov ochib berdi va jamoalarga omad tiladi. Bellashuvda fakultetning 6 nafar jamoasi, “MTMCHJA 233”, “Ekonomist”, “Iqtisod 362”, “Iqtisod 231”, “Dream team”, “Iqtisod 317” jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuv Tillar kafedrasi mudiri Nargiza Mirzayeva, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Azizbek Axmedov, O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Gulnora Sattiqulovalar hakamligida bo‘lib o‘tdi. Jami 3 ta tur asosida tashkil etilgan bellashuv qiziqarli savollarga boy qizg‘in tarzda bo‘lib, aynan shu tarzda yakun topdi. Yakunda esa quyidagi tartib bo‘yicha jamoalar o‘rinlarni egalladilar.

“MTMCHJA 233” 12 ball 1-o‘rin
“Dream team”

“Iqtisod 317”

 

11 ball

 

 

2-o‘rin

 

“Iqtisod 231” 10 ball 3-o‘rin
“Ekonomist” 9 ball 4-o‘rin
“Iqtisod 362” 7 ball

5-o‘rin

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi