Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 11-mart kuni institutning “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da institutning professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

     Seminarda “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori L.O.Olimovning “Tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda hulosalarning o‘zaro bog’liqligi” deb nomlangan ma’ruzasini taqdimotini bo‘lib o‘tdi.

     Seminar mavzusi yosh tadqiqotchilar uchun juda muhim va dolzarb bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan masalaga bag’ishlangan. Xususan, ilmiy tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda hulosalarni shakllantirish muammolari, uning nozik tomonlar va prinsiplari aniq va sodda tilda tushuntirib berildi. Institutning professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar oldilar.

      Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki seminarlar muntazam ravishda haftaning chorchanba kuni 1500da tashkil etilib kelinmoqda. O‘tkazilish joyi “Avtomatika va elektrotexnologiyalar” fakulteti binosi 101-xona.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi