Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 11-mart kuni institutga Chuvash Davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nikolaev Yevgeniy Lyovovich tashrif buyurdi.

     Mexmonni Rektor U.M. Turdialiev va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Z.B. Jo‘raevlar kutib oldilar. Uchrashuv davomida har ikki taraf uchun manfaat keltiraishi mumkin bo‘lgan bir qator loyihalar, ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha muzokara olib borildi, fikrlar almashidi. Muzokara davomida ikki OTM o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kelgusida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda xalqaro ilmiy konferentsiyalar tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv so‘ngida ikki OTM o‘rtasida rasmiy kelishuv imzolandi. Endilikda ushbu kelishuvga asosan kelgusida hamkorlik xujjatlari rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi