Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, ilm ahli faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlarga intellektual, ma’naviy-ma’rifiy hamda axloqiy jihatdan ta’lim-tarbiya berish, sifatini oshirish, shuningdek, talabalarda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga yordam berish qobiliyatlarini o’rgatish hamda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar asosida olib borilayotgan tadqiqotlarning ilmiy yangiliklarini yoritish, professor-o’qituvchi va yosh olimlar o’rtasida – Ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, tashabbuskorlik xislatlarini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz mamlakat va jamiyatning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilib bo’lmasligini, ilm-fan taraqqiyotida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar muhim ahamiyat kasb etishini, mamlakatda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligi,  ular yordamida Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari oldiga yoshlarga zamonaviy ta’lim va tarbiya berish vazifasi yuklatilgan. Bu yo’lda hech narsani ayamasligini, jumladan, yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun Oliy ta’lim muassasalarida yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik va ilmiy tadqiqot  laboratoriyalari hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarurligi belgilab berilgan. Bu sohada kafedramiz qoshida “Ilmiy laboratoriya” tashkil etilgan. Bugungi kunda, “Ilmiy laboratoriya”da ko’plab yoshlar, PhD ilmiy izlanuvchilari, magistrlar talabalar ilm bilan shug’ullanib kelishmoqda. 2019 yilning o’zida 5 patent tayyorlashga ega bo’ldik, horijiy jurnallarda ko’plab maqolalar nashir qildik. YOshlar ko’plab tanlovlarda ishtirok etishmoqda va g’olib bo’lishmoqda. Jumladan, 2018 yili O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan loyihalar tanlovida E.YUsupov “Eng zamonaviy inovatsiyaon g’oya nominatsiyasi g’olibi” bo’ldi. SHu yilning 28-29 fevral kunlari “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatson loyihasi” tanlovida kafedramiz PhD ilmiy izlanuvchisi Zarnigor Soxibova “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. Kafedramiz yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi talabalarini ham ilm-fan va ishlab chiqarish sohalariga qiziqishini ortirdi.

Bu sohada kafedramizda olib borilayotgan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini “Ilmiy laboratoriyada” olib borish keng yo’lga qo’yildi. Jumladan, kafedra mudiri B.Tojiboyev boshchiligida kafedramiz professor –o’qituvchilardan R.Karimov Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi  yo’nalishi 2 – kurs talabalariga “Qattiq jismlar fizakasi va kimyosining maxsus qismlari” fanida amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini “Ilmiy laboratoriyada” olib bormoqda.