Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda mo’tabar ayol zotini ulug’lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlash, o’zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o’rnak bo’lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko’rsatayotgan qizlarni munosib rag’batlantirish maqsadida:

  1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to’g’risidagi takliflari ilovadagi ro’yxatga muvofiq ma’qullansin.
  2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko’krak nishonlari topshirilsin.
  3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi SH.Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   SH.Mirziyoev

Toshkent shahri,

2020 yil 4 mart

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 martdagi 

PQ-4626-son qaroriga ilova

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR

RO’YXATI

Ibragimova Nazokat Muxtarovna – Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti

Nuratdinova Dinara yelubay qizi – Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Abdumo’minova Nigora Ixtiyorovna – Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi

No’’monova Zulfira Iqboljon qizi – Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Rajabova Nilufar Komiljonovna – O’zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Xolikova Nozima Nematilloyevna – Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti

Ibragimova Vazira Xusan qizi – O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Ma’rifat va hikmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati muharriri (Jizzax viloyati)

Ilxomova Sevara Davron qizi – Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi

Norchaeva Madina Norchaevna – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Olimjonova Begoyim Mansur qizi – Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanidagi 42-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi

Omonboyeva Merey Erali qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Saparova Sitora SHaydullo qizi – Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi

Azimova Dilafro’z Alamxon qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Tojiboyeva Olimaxon Ikromjon qizi – Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o’quvchisi

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi – Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Usmanova Nurinisso Olimovna – Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Muxamadiyeva Sitora SHuxratjon qizi – Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi

Samatova SHahnoza Ortiqboy qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abdurazaqova Ruxshona Ilhomjon qizi – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o’quvchisi

Qayimova Sabina Olimovna – Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining to’garak rahbari (Surxondaryo viloyati)

Boltaeva Mohira Matyoqub qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi – P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf o’quvchisi (Toshkent viloyati)

Xabibullaeva Nozima Xayrullo qizi – Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Farg’ona viloyati)

Xomidova Nasiba YUnusjon qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg’ona filiali 1-bosqich magistranti

Alimova Maxliyo Maxmud qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

SHaripbaeva Nazokat Quroltoy qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Dzivinskaya YUliya Stanislavovna – 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich o’quvchisi (Toshkent shahri)

Tog’aymurodova SHaxnoza SHuxrat qizi – Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi

Manba: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING RASMIY VEB-SAYTI