Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yil 7-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga institutda faoliyat ko‘rsatib nafaqaga chiqqan faxriy ayol ustozlar ham mehmon sifatida taklif etildi. Tadbirni institut rektori U.M.Turdialiyev aziz ustoz, opa-singillarimizni o‘z tabriklari bilan siylab ochib berdi. Keyin esa sahnalashtirilgan ajoyib sahna ko‘rinishaliriga navbat berildi. Birinchi institutning “BEKLAR” QVZ jamoasi tadbir ishtirokchilari kayfiyatini yuqori darajaga ko‘tarib bergan bo‘lsa, keyin onamiz kabi aziz ustozlar, ayol-qizlarimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tadbir davomida institutdagi faoliyati davomida yutuqlarga erishgan va faxriy mehmon sifatida taklif etilgan ustozlar institutning bayram esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram tadbirida qatnashgan barcha ko‘tarinki ruhda bu yerni tark etdi.