Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyevning 8 – mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institut ayollariga

TABRIGI

Bugun mana shunday dilbar, qutlug’ bahor ayyomida Siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimiz, suluv qizlarimizni o’zlaringiz kabi go’zal bayramingiz – 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Andijon mashinasozlik instituti, bugun bu dargox chin ma’noda yurtimiz iqtisodiy tayanchi xisoblangan mashinasozlar dargoxiga aylanib ulgurdi. Darhaqiqat, yurt taraqqiyoti va ravnaqiga xissa qo’shib, o’z oldilariga yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilib olgan bu dargoxda 300 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar bo’lg’usi muxandislarga ilm-fan saboqlarini berishmoqda. Quvonarli jihati shundaki, ularning aksariyatini xotin-qizlarimiz tashkil qilmoqda. Mamnuniyat bilan aytmoqchimanki, 200 nafarga yaqin ayol professor-o’qituvchilar qatorida 96 nafar texnik xodimalarimiz ham fidoiylarcha mehnat qilmoqda. Sizlarning samarali mehnatingiz oldida qo’limiz ko’ksimizda!

O’z navbatida vatan taraqqiyotiga xissa qo’shishni maqsad qilib, ta’lim olayotgan 500 nafardan ortiq talaba qizlarimizni ham bayram bilan tabriklayman! O’ylaymanki, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, yetuk mutaxassis bo’lib yetishasizlar.

Bugungi quvonchli ayyomda avvalo dunyoda “fidoyi” degan so’zga eng munosib bo’lgan Ona siymosi oldida ta’zim qilamiz. Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz ko’rki bo’lmish Aziz ayollarimiz sha’niga eng go’zal tilaklarimizni izhor etamiz.

Oldimizga qo’yilgan eng muhim vazifalarni bajarishda, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlashda Sizlarga ulkan zafarlar tilab qolaman.

Munis va mehribon opa-singillar!

Yana bir bor Sizlarni bahor va nafosat ayyomi bo’lmish 8 mart bayrami bilan samimiy tabriklayman. Umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo’lsin! Hamisha toleingiz baland bo’lsin! Xonadonlarimizdan shodu xurramlik, qut-baraka arimasin!

Bahorning ilk kunlari bayramdir Sizga,

Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol.

Bo’ling doim salomat Siz baxtimizga,

Siz bilan xayot shirin, shirindir xayol.