Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da 4-mart, chorshanba kuni 1500da institutning professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalariga “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” tashkil etildi. Seminarda “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori L.O.Olimov “Ilmiy tadqiqotlar olib borisida adabiyot manbalarini taxlil qilish haqida (maqolalar yozish misolida)” deb nomlangan ma’ruzasini taqdimotini o‘tkazdi. Uchrashuv juda qiziqarli ruhda o‘tdi. Seminar mavzusi yosh tadqiqotchilar uchun juda muhim va dolzarb bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan masalaga bag‘ishlangan. Xususan, ilmiy natilar asosida maqolalar tayorlash, buning uchun adabiyotlar taxlilini qanday bajarish yo‘llari va usullarining nozik tomonlar va prinsiplari aniq va sodda tilda tushuntirib berildi. Institutning professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar olishdi. Aziz institutimiz professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilari sizni har haftaning chorchanba kuni 1500da tashkil etilayotgan “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” da kutib qolamiz. O‘tkazilish joyi “Avtomatika va elektrotexnologiyalar” fakulteti binosi 101-xona.