Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 24 yanvar 55-son buyrug’ining hamda Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari doktorantura faoliyatining ish rejasini ijrosini o’rganishga oid Anjijon mashinasozlik instituti Ilmiy kengashining 2019 yil 31 dekabrdagi 5–son bayonnomasiga binoan “2020 yil Ilmiy pedogog kadrlarni tayyorlash”ga asoslanib, “Doktorantlar maktabi”ning navbatdagi ilmiy-amaliy seminari 29.02.2020 yil kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor U.A.Madraximov boshchiligida va  ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va p.k.t.b.boshlig’i Q.I.Xalmerzayev ishtirokida “Tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi bo’yicha hisobot” mavzuida o’tkazildi. Seminarda himoyaga chiqayotgan doktorant, stajyor-tadqiqotchilarni “Ixtisoslashtirilgan kengash” ga hujjatlar jamlamasini o’z vaqtida topshirish haqida hamda “Patent”,“Scopus”, “Web of Seience” “RINTS” bazalarida maqolalar chop etish kerakligini tushuntirib o’tdi. Doktorantlarni 29.02.2020 yil kuniga qadar dissertatsiya mavzusiga tegishli ilmiy-amaliy ishlar haqida 3-5 minutdan og’zaki hisobot berdilar. Hisobotda kamchiliklar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor U.A.Madraximov tomonidan aytib o’tildi. Barcha stajyor-tadqiqotchilarni va doktorantlarni mavzulari bo’yicha tayyorlanayotgan dissertatsiya ishlarining sifati va xalq xo’jaligida amaliy qo’llanilish darajasi qanday holatda bo’lishi bo’lim boshlig’i Q.I.Xalmerzayev tomonidan tushuntirildi.