Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yilning 3-mart kuni Andijon mashinasozlik institutining navbatdagi 7-sonli  ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi.

Institut rektori, Ilmiy kengash raisi U.M.Turdialiyev kengash kun tartibi bilan tanishtirib, kengash a’zolaridan kun tartibi bo‘yicha takliflarini so‘rab so‘ng kun tartibini tasdiqlab berishni so‘radi. Shundan so‘ng kengash kun tartibidagi birinchi masala Hindiston davlatiga xizmat safari bo‘yicha axborot berdi. Jumladan,
2020-yilning 25 – 29 fevral kunlari, ikki oliy tahlim muassasasi g‘rtasida 2019 yilda tuzilgan Ahdlashuv Memorandumiga asosan va Sharda universiteti prezidenti janob Pradip Kumar Gupta taklifiga binoan Hindiston davlatiga xizmat safari amalga oshirildi.

2020-yil   25 – 29 fevral kunlari Hindiston davlatining Sharda universitetiga  tashrif  davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2020-yil 25-fevral kuni, Hindiston davlatining Dehli shahriga yetib borildi.

2020-yil 26-fevral kuni Sharda universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prezidenti janob Ashok Daryani bilan uchrashib, 2019-yilda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan memorandum va kelishuv loyihasi muhokama qilindi. Hamkorlik bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar kelishib olindi hamda kelishuv loyihasining dastlabki varianti tayyorlandi.

2020-yil 27-fevral kuni, “Great Noida” shahrida joylashgan Sharda universitetiga tashrif buyurib, universitet prezidenti janob Pradip Kumar Gupta bilan uchrashuv amalga oshirildi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan yangi o‘quv yilidan “Computer Science and Engineering” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi va ushbu dastur bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. SHuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida grant asosida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

2020-yil 28-fevral kuni, Sharda universitetining prorektorlari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida, kelgusida ilmiy loyihalar va o‘qituvchilar akademik almashinuvini amalga oshirish va Sharda universiteti professorlarini Andijon mashinasozlik institutida dars o‘tishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Taklif loyihasi Sharda universiteti prezidenti janob Pradip Kumar Guptaga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi.

Shuningdek kun tartibidagi keyingi masala G‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori bo‘yicha institutda olib borilayotgan ishlar haqida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor U.A.Madrahimov axborot berdi.

Kun tartibidagi keyingi masala Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida B.Abdukarimov hisoboti tahlil qilindi va tasdiqlandi.

Tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari va Iqtidorli talabalarni yarim yillik hisobotlari to‘g’risida U.A.Madrahimov ilmiy kengashga o‘z hisobotini taqdim etdi.

Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi “Talabalar assotsiatsiyasi” iqtidorli talabalar Kengashining faoliyati haqida assotsiatsiya prezidenti A.Akbarov birinchi yarim yillikda qilingan ishlar to‘g’risida kengash a’zolariga hisobotini taqdim etdi. Kengash a’zolari yosh assotsiatsiya faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdilar. Assotsiatsiyaning yarim yillikdagi faoliyati qoniqarli deb topilib keyingi faoliyatida omadlar tilandi.

Ilmiy kengash davomida insitutning “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi o‘qituvchisi D.Isroilovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasidan dotsent ilmiy unvonini olish uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek,  yaqinlashib kelayotgan  ikki  bayram 8-mart- “Xalqaro xotin- qizlar kuni”, 21- mart- “Navro‘z”-umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha institut rektori U.M.Turdialiyev institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov hamda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Yusupovalarga topshiriqlar berdi. Shu bilan birga institut rektori  U.M.Turdialiyev R.Yusupova orqali institutda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.