Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da 4 mart kuni navbatdagi “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar”i o‘tkaziladi.

Ushbu seminarning maqsadi institutda faoliyat olib borayotgan yosh ilmiy tadqiqotchilarga tadqiqot ishlarida ilmiy ko‘mak va maslahatlar berishdan iborat. Bu yetakchi mutaxassilar hamda yosh tadqiqotchilarning mavzulari bo‘yicha ma’ruzalarini muhokama qilish orqali amalga oshiriladi.

Ma’ruza mavzusi: “Ilmiy tadqiqotlar olib borishda adabiyot manbalarini taxlil qilish haqida”.

Ma’ruzachi: fizika-matematika fanlari doktori L.O. Olimov.

Boshlanish vaqti va kuni: 04 mart, Chorshanba kuni soat 15 00.

Ilmiy seminar o‘tkazilish joyi: “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti binosi, 101 auditoriya.