Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yil 26-fevral kuni institutning asosiy binosi Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “Yoshlar” xonasida Transport va Logistika fakultetining 289-Xizmatlar sohasi yo’nalishi hamda 246-Yer usti transport tizimlarini ekspluatatsiya qilish yo’nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” intelektual bilimdonlar tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Dehkanboyev, Transport va Logistika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Sirojiddinovalar ekspertlar sifatida ishtirok etdilar.

Tanlovni “Zakovat” intelektual bilimdonlar klubi murabbiysi O’zbek tili kafedrasi mudiri N.Mirzayeva olib bordi. Tanlovda Transport va Logistika fakultetining 246-YEUTT guruhi jamoasi g’olib deb topildi hamda ushbu jamoa tanlovning institut bosqichida ishtirok etishga yo’llanma oldi.