Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti rektori U.M. Turdialiyev institut va Sharda Universiteti bilan tuzilgan kelishuvga asosan va Sharda universiteti prezidenti Pradip Kumar Guptaning taklifiga binoan, 25-29 fevral kunlari Xindistonga tashrifini amalga oshirish uchun Hindiston davlatiga jo’nab ketdi.

Xizmat safaridan ko’zlangan maqsadlar: 

  1. Shartnomaga asosan ikki OTM oʼrtasida talabalar almashinuvini yoʼlga qoʼyish boʼyicha muzokaralar oʼtkazish.
  2. Аndijon mashinasozlik instituti hamda Sharda universiteti oʼrtasida oʼzaro hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar (qoʼshma bakalavriat va magistratura dasturlari, ikki tomonlama diplom berish, qoʼshma PhD dasturlari va boshqa turdosh tashkiliy shakllar) tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borish.
  3. Sharda universiteti fakultet va kafedralari ilmiy-tadqiqot loyihalari bilan tanishish va hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan tor doiradagi uchrashuvlar oʼtkazish.
  4. Аndijon mashinasozlik instituti oʼquv jarayonlariga kelajakda jalb etilishi rejalashtirilayotgan Sharda universitetining professor-oʼqituvchilar, olimlar va mutaxassislari boʼyicha muzokaralar olib boris

XIZMАT SАFАRIDАN KUTILАYOTGАN NАTIJАLAR:

  1. Аndijon mashinasozlik instituti hamda Sharda universiteti oʼrtasida oʼzaro hamkorlikda kelgusida ikki tomonlama diplom berish amaliyoti asosida “Аxborot texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi boʼyicha qoʼshma dastur loyixasini amalga oshirish boʼyicha rasmiy kelishuvlarni imzolash.
  2. Grant asosida talabalar almashinuvini yoʼlga qoʼyish boʼyicha kelishuvga erishish;
  3. Аndijon mashinasozlik instituti oʼquv jarayonlariga kelajakda Sharda universiteti professor-oʼqituvchilarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqish masalalarini hal qilish.