Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish, ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Bu boradagi bir qator topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Andijon mashinasozlik institutida qabul qilingan “5+1” dasturini amaliyotga joriy qilish maqsadida institut “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan xaftaning jum’a kunlari ishlar chiqarish korxonalarida amaliy dasrlar tashkil etilishi yo’lga qo’yildi. Asosiy maqsad, xafta davomida olingan nazariy bilimlarni, amaliyotda yana ham mustaxkamlash.

Joriy yilning 21 fevral kuni  “Andijon mexanika zavodi” sho’’ba korxonasida tashkil etilgan amaliy darslar ham yuqori saviyada tashkil qilindi deyish mumkin. Korxonada  “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menmejmenti” kafedrasi filiali tashkil qilinganligi “O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”, “Mahsulot sifati nazorati va sinov qurilmalari”, “Sifat menejmenti tizimi” kabi bir qator fanlarni amaliyotga joriy qilishda ijobiy natija bermoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilaridan A.Mamajonov, B.Xamdamov, M.Sattarov, R.Parpiyev, X.Vasiyev, doktarant D.Xakimovlar “5+1” dasturini amaliyotga joriy qilishda faollik ko’rsatishmoqda.

“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi doktaranti

D.Xakimov