Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor U.Madrahimov boshchiligida “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedrasi o’qituvchisi O.Xolmatov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagog kadrlarni  tayyorlash bo`yicha bo’lim boshlig’i Q.Xalmezayevlar institut qoshidagi akademik littsey o’quvchilari bilan uchrashuv o`tkazdilar. Institut mutaxassislari tomonidan  litsey o’quvchilarining tayyorlagan ishlanmalarini ko’rib va tanishdilar. Bunda 101 AF (aniq fanlar) guruhi Abduqahhorov Ismoiljon va 104 AF yevro guruhi Qamchibekov Rasuljonlar  o’z ishlanmalarini namoyish qildilar. Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori U.Madrahimov boshchiligida litsey anjumanlar zalida o’quvchilar bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida prorektor U.Madrahimov tomonidan Andijon mashinasozlik instituti haqida ma’lumot berdi. Akademik litsey bilan institut hamkorligida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etish rejalashtirildi.