Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2020-yil 20-fevral kuni Avtomobilsozlik fakulteti katta majlislar zalida, Axborot va murabbiylik soatlari tadbirlari doirasida  Avtomobilsozlik fakulteti xotin qizlar kengashi raisi N.Qurbonova tomonidan “Kitob-buyuk muallim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda, Avtomobilsozlik fakulteti dekani M.Qo‘chqarov, institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti D.Iymanova hamda fakultetning 120 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Avtomobilsozlik fakulteti dekani M.Qo‘chqarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Fakultet dekani M.Qo‘chqarov, institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, Avtomobilsozlik fakulteti xotin qizlar kengashi raisi N.Qurbonova, Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti D.Iymanovalar o‘z so‘zlarida, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan beshta muhim tashabbusni talaba yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida institutda va fakultetlarda shu jumladan  Avtomobilsozlik fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Kitob bizning ma’naviy- ma’rifiy yuksalishimizdagi o‘rni, kitob o‘qigan insonning ma’nan yetuk bo‘lish hamda kitob o‘qigan inson hayotda qoqilmasligi, inson bo‘sh vaqt topdim deguncha kitob bilan do‘st bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida kitobxon talabalar tomonidan birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning  “Ona yurtimiz baxt-iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir”, J.Roulingning “Garri Potter”, yozuvchi X.To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asarlarining mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati haqida shuningdek talabalar tomonidan kitobni e’zozlash maqsadida yozilgan she’rlar talabalar tomonidan tomoshabinlarga yetkazildi. Shuningdek kechada mumtoz qo‘shiqlarga sahnalashtirilgan raqslar ijro etildi. O‘tkazilgan tadbir ko’tarinki ruhda tashkil etilib barcha ishtirokchida katta taasurot qoldirdi.