Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da 19-fevral, chorshanba kuni 1500da institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalariga “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” tashkil etildi. Seminarda “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti va “Ilmiy tadqiqotlar markazi” rahbari fizika-matematika fanlari doktori L.O.Olimov “Tadqiqot natilarini tushuntirish mexanizmlari haqida” deb nomlangan ma’ruzasini taqdimotini o’tkazdi. Uchrashuv juda qiziqarli ruhda o’tdi. Seminar mavzusi juda ham dolzarb bo’lib, bugungi kunda ko’plab tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan masalaga bag’ishlangan. U tadqiqotchilarning ilmiy natilarini e’lon qilishdagi nozik tomonlar va prinsiplar aniq va sodda tilda tushuntirib berildi. Institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar olishdi. Uchrashuv yakunida bunday seminarlarni muntazam o’tkazib borishga kelishib olindi va har haftaning chorshanba kuni seminar tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Shunday ekan, Aziz professor-o’qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar barchaningizni har haftaning chorchanba kuni 1500da tashkil etiladigan seminarlarimizda kutib qolamiz. O’tkazilish joyi “Avtomatika va elektrotexnologiyalar” fakulteti binosi 101-xona.