Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yil 13-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti rektori U.M.Turdialiev rahbarligida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyat bo‘linmasi rahbari, viloyat hokimi maslahatchisi, deputat S.Mamitova ham ishtirok etdi.

  Anjumanda ilmiy bo‘lim hodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

    Shu kuni S.Mamitova “Yuksalish” umummilliy harakati haqida anjuman qatnashchilariga ma’lumot berdi va unda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, anjuman davomida yosh olim va talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar taqdimotlari ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi maslahatchisi, deputat S.Mamitova loyiha taqdimotlari bo‘yicha dolzarb yechimga ega loyihalarni gapirib, barcha ishtirokchilarni ilmiy-amaliy ixtirochilik ishlarida yanada faol ishtirok etib, yangi innovatsiyalarni imkon qadar hayotga tadbiq etish kerakligini uqtirdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi