Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Mamlakatimizda 2020-yil Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani fan va ta’lim sohasida o‘z faoliyatini boshlash arafasida turgan yosh olimlar, tadqiqotchilar uchun juda keng imkoniyat yaratilishidan darak berib turibdi. Birlamchi masala esa ana shunday iqtidor egalarini kashf etish, ilm yo‘lida izlanayotganlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘lib turibdi. Shu maqsadda joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish ishlari boshlandi.

    2020-yil 7-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutining “Avtomobilsozlik” fakulteti anjumanlar zalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor U.Madrahimov boshchiligida, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagog kadrlarni  tayyorlash bo`yicha bo‘lim boshlig‘i Q.Xalmerzayev, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis O.Teshaboyev  va “Avtomobilsozlik” fakulteti dekani M.Qo‘chqarovlar fakultetning 1 va 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil qildilar.

    Uchrashuv avvalida fakultet talabalaridan “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo`nalishi 3-bosqich talabasi Bakiyev Elyor hamda “Avtomobilsozlik va  traktorsozlik” yo`nalishi 3-bosqich talabasi Zokirjonov Azizbeklarga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan berilgan guvohnomalar topshirildi.

    Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tib, talabalar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor U.Madrahimovga bir qator savollar bilan murojaat qildilar. Talabalarga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, yil talabasi tanlovida ishtirok etish tartibi va talablari, nomdor stipendiyalar tanlovlari haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi