Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 15-fevral kuni Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Andijon mashinasozlik instituti hamkorligida institutning asosiy binosida profilaktik tadbir tashkil etildi.

     Tadbirda Favqulodda vaziyatalar vazirligi Andijon viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Karimov, Andijon shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I.Azizov, Andijon viloyat harbiy prokuraturasi prokurori o‘rinbosari M.Bozormirzayev, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov hamda 200 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

   Dastlab institutning katta anjumanlar zalida soha xodimlari hamda talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘lib uchrashuvda soha mutaxasislari talabalarga favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida tushunchalar berdilar. So‘ngra hozir qish mavsumi ekanligi va bu mavsum yong‘inlar ko‘payishi va ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rayotganimiz is gazidan zaxarlanish holatlari ham ko‘payib borayotgani, bu holat esa ancha tashvishli ekanligi haqida aytib o‘tdilar. Uchrashuv davomida yong‘indan hamda is gazidan himoyalanish choralari, shunday vaziyat bo‘lganda qanday harakatlanish strategiyalari haqida to’liq tushunchalar berildi va bu bo‘lib o‘tgan suhbat mazmunini talabalardan yaqinlariga ham yetkazishlari so‘raldi.

   

     Tadbirning 2-qismi institutning tashqari hududida davom etdi. Talabalar boshqarmaning mutaxasis xodimlari tomonidan favqulodda holatlarda ishlatilinadigan turli asbob uskunalar bilan tanishtirildi. O‘sha joyning o‘zida talabalar uchun ko’rgazmali chiqishlar ko‘rsatildi. Dastavval maxsus joyda shartli yong‘in tashkil etilib yong‘inni o‘chirish tezkor harakati ko’rsatildi. Keyingi ko‘rgazmali chiqish esa institutning 1-talabalar turar joyida davom etdi va bu binoning 4-qavatida qolib ketgan shartli insonni qutqarish operatsiyasi talabalar ko‘z o‘ngida bajarildi.

 

Bekzod Yusufaliyev

AndMI muxbiri